Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektoridagi harbiy amaliyotlarini kengaytirayotganini aytdi. Bu haqda 24-dekabr, yakshanba kuni RIA Novosti xabar berdi.
Isroil hukumati rahbarining qayd etishicha, bu HAMAS harakatini yo‘q qilish va garovga olinganlarni ozod qilishning yagona yo‘li. Uning qo‘shimcha qilishicha, operatsiya vaqt talab qilsa-da, “Isroil oxirigacha kurashishga qaror qilgan”. “Hamas toʻliq magʻlub boʻlguncha urushni davom ettiramiz”, dedi Netanyaxu.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!