O‘zbekiston

O‘ta og‘ir turdagi jinoyat sodir etganlikda gumonlanayotgan erkakni topganga 40 mln so‘m beriladi

O‘ta og‘ir turdagi jinoyat sodir etganlikda gumonlanayotgan erkakni topganga 40 mln so‘m beriladi

O‘ta og‘ir turdagi jinoyat sodir etganlikda gumonlanayotgan erkakni topganga 40 million so‘m beriladi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, qidiruvdagi Akromjon Abdullayevni topganga 40 million so‘m mukofot e’lon qilindi. Og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyat sodir etganlikda gumonlangan 1990 yilda tug‘ilgan Abdullayev Akromjon Baxtiyorovich qidiruvi davom etmoqda.

«Hurmatli fuqarolar! Siz ushbu shaxsni ko‘rsangiz yoki u haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz zudlik bilan, Toshkent viloyati IIBBning quyidagi raqamlari orqali xabar berishingizni so‘raymiz.

Tel: 70-975-21-02, 70-762-41-21
98-361-19-22, 98-314-44-05

Qidiruvdagi shaxsni qayerda ekani xaqida xabar bergan yoki topishda ko‘maklashgan fuqarolar umumiy 40 000 000 (qirq million) so‘m bilan mukofotlanishi kafolatlanadi», — deyiladi xabarda.