Jahon

Ukraina inqirozini hal qilish yo‘llarini izlash vaqti keldi — Italiya mudofaa vaziri

Ukraina inqirozini hal qilish yo‘llarini izlash vaqti keldi — Italiya mudofaa vaziri

Italiya mudofaa vaziri Gido Krozettoning fikricha, Ukraina inqirozini hal qilish yo‘llarini izlash vaqti kelgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada keng ko‘lamli jangovar harakatlar deyarli ikki yildan beri davom etmoqda va shuning uchun harbiy yordam bilan birga mojaroni hal qilishning siyosiy yo‘llariga murojaat qilish kerak.

«Harbiy yo’l bilan erishib bo’lmaydigan narsaga diplomatik jabhada, natijalarga erishish va tinchlikka erishish uchun siyosiy vositalar orqali erishish mumkin», — deydi Krozetto.