Apple kompaniyasi brend reklamasidan zarar ko’rgan foydalanuvchilarga kompensatsiya to’lashga rozi bo’ldi. Bu haqda Popular Science xabar bermoqda.
Nashrning qayd etishicha, korporatsiya Family Sharing reklamasi bo‘yicha huquqiy kelishmovchilikni hal qilishga muvaffaq bo‘lgan. Apple zarar ko’rgan foydalanuvchilarga 30 dollar tarqatishga rozi bo’ldi, yakuniy miqdor 50 dollargacha oshishi mumkin. Shuningdek, kompaniya sud xarajatlarini qoplashni rejalashtirmoqda.
Nashrning taʼkidlashicha, daʼvo 2019-yilda qoʻzgʻatilgan. Jabrlanuvchilar korporatsiya foydalanuvchilarga Apple va boshqa kompaniyalar xizmatlariga obuna bo‘lishlarini yaqinlari bilan bo‘lishish imkonini beruvchi Family Sharing funksiyasini reklama qilish orqali ularni adashtirganini da’vo qilishdi. Biroq, barcha uchinchi tomon xizmatlari ham o’z obunalarini shu tarzda taqsimlashga ruxsat bermagan, bu haqda kompaniya o’z reklama materiallarida eslatib o’tmagan.
Avvalroq Amerikaning Apple kompaniyasi iPhone foydalanuvchilari ma`lumotlarini yig’ish bo’yicha sudga tortilgan edi.
Shimoliy Kaliforniya okrug sudiga berilgan da’voda, Apple maxfiylik sozlamalari buni taqiqlaganiga qaramay, iPhone foydalanuvchilaridan ma’lumotlarni yig’ayotgani da’vo qilingan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!