Jahon

Namoyishchilar Belgraddagi ma’muriy binoni egallashga urinmoqda

Namoyishchilar Belgraddagi ma’muriy binoni egallashga urinmoqda

Ayni damda “Serbiya zo‘ravonlikka qarshi” muxolifat bloki tarafdorlari Belgraddagi shahar ma’muriyati binosiga kuch bilan kirishga urinmoqda. Bu haqda voqea joyidan TASS muxbiri ma’lum qildi.

Mazkur muxolifat blogi tarafdorlari 18 dekabr kuni kechqurun Belgrad markazida joylashgan Respublika saylov komissiyasi binosi yonida bir qator mitinglarni boshladi.

Bugun namoyishchilar mahalliy ma’muriyat eshigini bayroq ustuni bilan buzib, tosh va metall pivo qutilarini uloqtirishdi, oynalarni sindirishdi.

Mamlakat prezidenti Aleksandr Vuchich xalqqa zudlik bilan murojaat qilib, shahar ma’muriyati binosini bosib olishga urinish inqilob emasligini, huquq-tartibot idoralari vaziyatni nazoratda ushlab turishini ta’kidladi.

“Serbiya fuqarolari, men sizlarga aytaman, garchi ko‘rinishlar qo‘rqinchli bo‘lsa ham, xavotir olmang. Hech qanday inqilob bo‘layotgani yo‘q, ularning harakatlarining hech biri amalga oshmaydi va biz jiddiy, tinch reaksiya ko‘rsatib, tasodifiy namoyishchilar jiddiy, tinch reaksiya ko‘rsatib, tinch namoyishchilar zarar ko‘rmasligini nazorat qilamiz”, – dedi u.

Shuningdek, TASS xabariga ko‘ra, politsiya ma’muriyat binosiga kirishga uringan bir guruh namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan.

Eslatib o‘tamiz, 17 dekabr kuni Serbiya parlamentiga navbatdan tashqari saylovlar bo‘lib o‘tgan va unda amaldagi prezident Aleksandr Vuchich koalitsiyasi g‘alaba qozongan edi. Kuzatuvchilar saylov noqonuniy o‘tganini aytishmoqda. Muxolifat esa mitinglar uyushtira boshladi.