O‘zbekiston

Samarqandda homilador ayol vafot etdi

Samarqandda homilador ayol vafot etdi

Samarqandda homilador ayol vafot etdi. Bu haqda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lum qildi.

Joriy yilninig 22 dekabr kuni soat tonggi 04:00da Past Darg‘om tuman tibbiyot birlashmasining tug‘ruq bo‘limiga shu tumanning “Istiqlol” MFYsida yashovchi fuqaro Z.B. qorin qismida dardsimon og‘riq, ko‘ngil aynishi kabi shikoyatlari bilan qaynonasi hamda turmush o‘rtog‘i hamrohligida tez tibbiy yordam mashinasida olib kelingan.

Tezkor tibbiy ko‘riklar oiqbatida homilador Z.B.ning 2 homiladorligi va 2 tug‘ruq, homilaning 38 haftaligi, chalg‘ituvchi, yolg‘on tug‘ruq belgilari, kam qonlikning o‘rta og‘ir darajasi aniqlangan.

Bundan tashqari, 2022 yil 18 iyul kuni bemor Z.B. o‘ng kichik boldir suyagi pastki uchligida o‘sma aniqlangani uchun Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va raddiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan.

Homilador Z.B. tuman tug‘ruq bo‘limida shifokorlar kuzatuvida bo‘lgan. Biroq belgilangan standartlar bo‘yicha ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan, soat 10:35 da vafot etgan.

Shundan so‘ng, holat yuzasidan tuman IIBga xabar berilgan va marhum Z.B. Sud tibbiy ekspertiza byurosi tekshiruvlariga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida tug‘uruqxonaga olib kelingan 26 yoshli homilador ayol farzandini dunyoga keltirganidan bir necha kun o‘tib, vafot etgandi.