Hodisa, O‘zbekiston

Seshanba va chorshanba kunlari O‘zbekistonda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Seshanba va chorshanba kunlari O‘zbekistonda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

26 va 27 dekabr, seshanba va chorshanba kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, deb xabar berdi “O‘zgidromet”.

26 dekabr kuni Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida sinoptiklar kechasi +4…+9°, kunduzi +8…+13° bo‘lishini taxmin qilmoqda.

27 dekabr kuni ushbu hududlarda havo harorati kechasi +2…+7°, kunduzi +8…+13° bo‘ladi.

28 dekabr kuni havo harorati kunduzi +10…+15 darajagacha isishi kutilmoqda. Kechasi termometr +2…+7° gacha tushadi.