Jinoyat

Toshkent viloyatida 13 yoshli qizni zo‘rlagan erkak 15 yil qamoq jazosini oldi

Toshkent viloyatida 13 yoshli qizni zo‘rlagan erkak 15 yil qamoq jazosini oldi

Yoz oyida Toshkent viloyatida sodir bo‘lgan dahshatli voqea haqida yozgan edik deb xabar bermoqda NeMolchi.uz manbasi unda aytilishicha, ichki ishlar bo‘limining sobiq xodimi (ma’lum qilinishicha, u jinoyat sodir etilishidan biroz oldin ishdan bo‘shatilgan) aldov yo‘li bilan mahalladan 13 yoshli qizni dugonasi bilan dachaga olib borib, o‘sha yerda nomusiga tekkan. Dacha ish bo‘yicha boshqa sudlanuvchidan ijaraga olingan, jabrlanuvchining onasiga ko‘ra, ijaraga beruvchi shaxs ijara maqsadini bilgan va qizlarni ko‘rgan.

Ish avgust oyida JK 118-moddasi 4-qismi (O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish) bilan sudga oshiriladi. Bugun esa sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqida Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov ma’lum qildi.

Sudya X.Xojayev raisligida yopiq sud majlisida erkak Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar Toshkent viloyat sudining apellyatsiya instansiyasiga shikoyat berish va protest keltirishga haqliligiga e’tiboringizni qaratmoqchimiz.

Bundan tashqari, sud tomonidan sudlanuvchiga o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish uchun shart–sharoit yaratib bergan boshqa erkaklarga nisbatan Jinoyat kodeksining 131-moddasi (qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasini xal qilish uchun Bo‘stonliq tumani prokuroriga xabar yuborildi. Ular aybdor deb topilsa, 5 yildan 8 yilgacha qamoq jazosini olishi mumkin.