Jahon banki tashkilotning mamlakat byudjeti xarajatlarini qisman qoplash loyihasi doirasida Ukrainaga 1,3 milliard dollardan ortiq mablag‘ o‘tkazdi. Bu haqda Ukraina Moliya vazirligining press-relizida aytiladi.
Bu mablag‘lar, xususan, pensiya to‘lovlari va favqulodda vaziyatlar davlat xizmati xodimlariga to‘lovlar uchun sarflanadi, biroq ularni xavfsizlik va mudofaa bilan bog‘liq sohalarga yo‘naltirib bo‘lmaydi.
Moliyalashtirish Yaponiya hukumati tomonidan kafolatlangan Jahon bankining 1,086 milliard dollarlik kreditidan, shuningdek, Norvegiyaning 190 million dollari, AQShning 50 million dollari va Shveysariyaning 20 million dollari grantlaridan iborat.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!