Turkiya parlamentining Tashqi ishlar komissiyasi Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish protokolini ma’qullab, Bosh Assambleya ko‘rib chiqish uchun taqdim etdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
«Ma’qullandi, Bosh Assambleyaga ko’rib chiqish uchun taqdim etildi», dedi agentlik manbasi.
Avvalroq, Shvetsiya Mudofaa vazirligi rahbari Pol Jonson Rossiyadan kelayotgan “xavf”ni qaytarish uchun mamlakatning NATOga qo‘shilish jarayonini tezlashtirishga chaqirgan edi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!