Jahon

Xitoy bir tomonlama sanksiyalarning muammolarni hal qilishda muvaffaqiyatsizlikka uchraganiga ishora qildi

Xitoy bir tomonlama sanksiyalarning muammolarni hal qilishda muvaffaqiyatsizlikka uchraganiga ishora qildi

Xitoy har doim bir tomonlama sanksiyalarga qarshi chiqadi, chunki ular muammolarni hal qilishga yordam bermaydi va boshqa nojo’ya oqibatlarga olib keladi. Bu haqda Xitoy TIV rasmiy vakili Mao Ning ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

«Faktlar isbotladiki, sanktsiyalar va bosim muammolarni hal qila olmaydi, aksincha, noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin», – dedi diplomat.

Avvalroq Xitoy AQShni Rossiya tufayli unga qarshi sanksiyalar uchun javob choralari bilan tahdid qilgan edi. Mao Ning Amerika hukumatini noto’g’ri choralarni darhol tuzatishga va Xitoy korxonalarini cheklashni to’xtatishga chaqirdi.