Iqtisod, Jahon

Xitoy iqtisodiyoti Amerika iqtisodiyotini qachon ortda qoldirishi ma’lum bo’ldi

Xitoy iqtisodiyoti Amerika iqtisodiyotini qachon ortda qoldirishi ma’lum bo’ldi

Xitoy 2037-yildan oldin Amerika iqtisodiyotini ortda qoldirib, yalpi ichki mahsulot bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallashi mumkin. Bunday prognoz Britaniyaning Iqtisodiyot va biznes tadqiqotlari markazi (CEBR) tomonidan taqdim etildi, deb yozadi The Telegraph.

Markaz o’z prognozini o’tgan yilga nisbatan yomonlashtirdi, o’shanda Xitoy 2036-yilda yetakchi iqtisodiyotga aylanishi kutilgan edi. Xitoyning ko’chmas mulk inqirozi va COVID-19 pandemiyasidan sekin tiklanishi tufayli o’sish istiqbollari zaiflashdi. 2021-yilda tahlilchilar Xitoy Xalq Respublikasi 2030-yilda yalpi ichki mahsulot hajmi bo‘yicha AQShni ortda qoldirishini kutishgan.

CEBR ekspertlarining fikricha, Indoneziya va Vetnam kabi jadal rivojlanayotgan Osiyo davlatlari 2050-yilgacha global iqtisodiyotdagi ulushini oshirishda davom etadi. Bu G‘arb mamlakatlarida aholining qarishi va qarzlarning ko‘payishi tufayli iqtisodiy o‘sishning sekinlashishi bilan bog‘liq. Uzoq muddatli istiqbolda, tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, AQSh 2050-yillarda yana Xitoydan o’zib ketadi.

Tadqiqotchilarning fikricha, 2080-yilga borib Hindiston dunyodagi eng yirik iqtisodiyotga aylanadi. Prognoz qilinayotgan vaziyat geosiyosatga ta’sir qiladi, chunki hozirgi ikkita emas, balki uchta super kuch paydo bo’lishi mumkin.