O‘zbekiston

Denov tumani sobiq hokimi 8,5 yilga qamaldi

Denov tumani sobiq hokimi 8,5 yilga qamaldi

Denov tumani sobiq hokimi Rustam Pardayev uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Ma’lum bo‘lishicha, sud ishida Rustam Ubodullayevich JKning 205-moddasi 2-qismi “a” bandi, 168-moddasi 4-qismi “a” bandi, 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va 209-moddasi 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, 8,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Rustam Pardayev — 1979 yilning 7 aprelida Qiziriq tumanida tug‘ilgan. 2006 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Turli yillarda “Mikrokreditbank” ochiq aksiyadorlik tijorat banki Jarqo‘rg‘on tumani, Surxondaryo viloyati filiallari rahbari, viloyat Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i va viloyat hokimi birinchi o‘rinbosari vazifalarida lavozimlarida ishlagan.