Seshanba kuni Isroilning Nyu-Dehlidagi elchixonasi yaqinida portlash yuz berdi. Isroil xavfsizlik xizmati va Hindiston politsiyasi birgalikda vaziyatni aniqlashga kirishdilar. Bu haqda Kazinform agentligi The Times of Israelga tayanib xabar beradi.
Hodisa oqibatida qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q.
Hindiston matbuoti xabariga ko‘ra, portlash sodir bo‘lgan joy yaqinida Isroil elchisi nomiga yozilgan xat topilgan. Indian Express nashrining yozishicha, maktub kompyuterda terilgan va unda haqoratli matn bo‘lgan. Boshqa qo‘shimcha ma’lumotlar keltirilmagan.
Tergovchilar portlash va xat o‘rtasida bog‘liqlik bor-yo‘qligini aniqlashga kirishdilar.
O‘tgan dekabr oyida Isroil Milliy Xavfsizlik kengashi isroilliklarni chet elga sayohat qilish rejalarini qayta ko‘rib chiqishga, agar safar juda zarur bo‘lmasa, o‘zlarining yahudiy va Isroilga mansubligini tashqi ko‘rinishda ifoda etmaslikka chaqirdi. Bu chaqiriq butun dunyoda kuchayayotgan antisemitizmga javoban qilingan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!