Jahon

Ozarbayjon Fransiya elchixonasining ikki xodimini persona non grata deb e’lon qildi

Ozarbayjon Fransiya elchixonasining ikki xodimini persona non grata deb e’lon qildi

Fransiyaning Bokudagi elchixonasining ikki xodimi diplomatik maqomiga to‘g‘ri kelmaydigan faoliyati uchun persona non grata deb e’lon qilindi va ularga 48 soat ichida mamlakatni tark etish buyurildi, deb xabar beradi Kazinform agentligi TASSga tayanib.

— 26-dekabr kuni Fransiyaning Ozarbayjondagi elchisi Ann Buayon Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi. Fransiya elchisi e’tiboriga Fransiya elchixonasining ikki xodimi diplomatik maqomiga to‘g‘ri kelmaydigan va 1961 yildagi Diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasiga zid bo‘lgan faoliyati uchun Ozarbayjon hukumati tomonidan persona non grata deb e’lon qilingani e’tirof etildi; ushbu shaxslardan 48 soat ichida Ozarbayjon hududini tark etishni talab qilindi, — deyiladi Ozarbayjon TIV bayonotida.

Unda qayd etilishicha, Fransiya diplomatik missiyasi rahbariga tegishli nota topshirilgan.

23-dekabr kuni birqancha Ozarbayjon ommaviy axborot vositalari Ozarbayjonda fransuz razvedka tarmog‘i fosh etilgani haqida yozgan edi.