Italiyaning Frozinone kommunasida uy qamog‘idagi erkak boshqa mahbuslar bilan birga Rojdestvo bayramini nishonlash uchun o‘zini qamoqqa olishlarini so‘radi, deb xabar beradi Mir24 o‘z manbasiga tayanib.
24 yoshli Mario yolg‘iz yashaydi va u kichik jinoyatlar uchun uy qamog‘ida.
Bayram arafasida u uydan qochib, San-Domeniko qamoqxonasiga borgan.
U qishki ta’tilni yolg‘iz o‘tkazmasligi uchun politsiyadan jazoning qolgan qismini qamoqda o‘tashini so‘ragan.
Biroq Marioning iltimosi rad etildi va u uy qamog‘iga qaytarildi, deb yozadi Corriere Della Sera gazetasi.
Bungacha Italiyaning Pordenone shahrida bosqinchilar kvartirani tunab, uning egasidan kechirim so‘rab yozuv qoldirgan.
Jinoyatchilar oziq-ovqat sotib olishga pullari yo‘qligini yozishgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!