Jahon

Argentinada yangi hokimiyat siyosatiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi

Argentinada yangi hokimiyat siyosatiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi

Buenos-Ayres markazidagi milliy va shahar sudlari joylashgan maydonda Argentina prezidenti islohotlarini noqonuniy deb e’tirof etish uchun bir necha ming kishi yig‘ildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, ushbu norozilik aksiyasi kasaba uyushmalari tomonidan tashkil etilgan va rasmiylar bilan oldindan kelishilgan.

Namoyishga kelgan odamlar shaharning asosiy magistrallari bo‘ylab harakatga xalaqit bermay, maydon va unga tutash ko‘chalarda to‘planishdi.

Ilgari bunday ommaviy aksiyalar doimo yo‘llarning yopilishi bilan kechib, shahar aholisi uchun ko‘plab muammolarni keltirib chiqarardi. Bunga avvalgi hukumat ruxsat bergan.
Biroq prezident Xaver Mayli yo‘lni to‘sib qo‘ygan namoyishchilarga qarshi kuch ishlatish bilan tahdid qilgan.

Avvalroq Argentina prezidenti Miley iqtisodiyotni liberallashtirish bo‘yicha 300 dan ortiq islohotlar bo‘yicha favqulodda farmon imzolagan edi, ular barcha sohalarga taalluqlidir.