O‘zbekiston

Bojxona va DXX xodimlari pirotexnika vositalarining noqununiy muomalasiga chek qo‘ydi

Bojxona va DXX xodimlari pirotexnika vositalarining noqununiy muomalasiga chek qo‘ydi

Yangi yil bayrami ham yaqinlashmoqda. Yana o‘sha pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosi. Ko‘chalarda eshtilishi boshlagan paqildoqlar tovushi esa kishi ko‘ngilini xira qiladi. Toshkentda bojxona va davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorlikda yirik miqdordagi pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasiga chek qo‘yishdi. Navbatdagi lavha shu haqida.

Yangi yil bayrami yaqinlashgan sayin kun tartibiga chiqadigan pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasi mavzusi tobora dolzarb tus olayotgani bejiz emas.

Bu borada respublikamiz bojxonachilari tomonidan pirotexnika vositalarining noqonuniy kirib kelishini va ichki hududda noqonuniy aylanmasini oldini olishga qaratilgan tezkor chora-tadbirlar muntazam davom ettirilmoqda.

Hususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi va Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan poytaxtimizning Bektemir tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida avvaldan kuzatuvga olingan fuqaro boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtotransport vositasi to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, uning yukxonasidagi turplar orasiga xorijda ishlab chiqarilgan, hech qanday hujjatlari mavjud bo‘lmagan, umumiy qiymati 327 mln. 150 ming so‘mlik 2 turdagi 459 279 dona pirotexnika vositalari yashirilgani fosh bo‘ldi.

Bojxona qo‘mitasi va Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalarining tomonidan davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikda Ohangaron tumanida pirotexnika mahsulotlarining noqonuniy aylanuviga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida, oldindan tezkor kuzatuvga olingan fuqaro boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli transport vositasi to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi. Natijada avtomashina saloni va yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan, hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, taxminiy qiymati 96 mln 900 ming so‘mlik, jami 193 800 dona pirotexnika mahsuloti borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi hamda huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda esa  “Kobalt” avtotransport vositasi to‘xtatilib, uning saloni va yukxonasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada mashinadagi 3 ta qog‘oz qutida xorijda ishlab chiqarilgan, hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, taxminiy qiymati 43 mln 200 ming so‘mlik jami 86 400 dona pirotexnika mahsuloti borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

Toshkent viloyati bojxona boshkarmasi tezkor xodimlari tomonidan davlat xavfsizlik xizmati va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan xamkorlikda Oxangaron tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Oxangaron tumanidagi avtoturargoxlardan birida “ISUZU” rusumli avtotransport vositasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida mazkur transport vositasiga xufiyona tarzda daraxt ko‘chatlari ostiga joylashtirilgan qiymati 250 mln so‘mlik jami 528 ming dona pirotexnika vositasi borligi aniqlandi.

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi, viloyat DXX  hamda IIB xodimlari bilan hamkorlikda pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga doir navbatdagi huquqbuzarlik o‘z vaqtida fosh etildi.Tezkor tadbir davomida fuqaro boshqaruvidagi «Spark” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtomashinada xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 187 million so‘mlik 15 ming 730 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi, viloyat MG xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda Samarqand viloyati Samarqand shahri hududida fuqaro Nazimovga tegishli bo‘lgan NEXIA-2 rusumli avtotransport vositasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada transport vositasining salon qismida jami 25 dona taxminiy qiymati 18 mln 750 ming so‘mlik pirotexnika vositalari borligi aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, respublikamiz bojxonachilari tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida aniqlangan 176 ta bojxona qonunbuzilishi holatlarida qiymati 4 mlrd 500 mln so‘mlik 4 mln 470 ming donaga yaqin pirotexnika vositalarining noqonuniy olib o‘tilishi va ichki hududdagi aylanmasiga o‘z vaqtida chek qo‘yildi.

Hozirda yuqoridagi barcha holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.