Jahon

Dubayda dunyodagi eng katta Rubik kubigi qurildi

Dubayda dunyodagi eng katta Rubik kubigi qurildi

BAAning ulkan haykaltaroshlik instalyatsiyasi Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi, deb xabar beradi Kazinform agentligi Azertagga tayanib.

Oliy o‘quv yurtlari, kasb-hunar akademiyalari va o‘quv markazlari joylashgan erkin zona markazi bo‘lgan Dubai Knowledge Park o‘zining 20 yilligini nishonladi va “Dunyodagi eng katta Rubik kubigi” bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi.

Azertagning xorijiy OAVlarga tayanib xabar berishicha, instalyatsiya har birining balandligi deyarli bir metr bo‘lgan 21 shisha tolali kublardan iborat. Haykalning og‘irligi 300 kilogrammdan ortiq, umumiy o‘lchamlari 3x3x3 m.

2003 yilda ochilganidan beri Dubai Knowledge Park 700 dan ortiq mahalliy, mintaqaviy va xalqaro ta]lim muassasalariga ega bo‘lib, 170 dan ortiq mamlakatdan iqtidorli talabalarga xizmat ko‘rsatadi.

2022-2023 yillarda Birlashgan Arab Amirliklari 123 ta jahon rekordini yangiladi, ulardan 12 tasi 2024 yilgi Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.

Birinchi rekord dronlar yordamida yaratilgan eng katta QR kodga tegishli. 3 mingdan ortiq dron tungi osmonni yoritib, aql bovar qilmaydigan ajoyib manzara yaratdi. Ras-al-Xaymada yana ikkitasi o‘rnatildi: birinchisi, bir vaqtning o‘zida 671 ta dron osmonga ko‘tarilgani uchun, bu o‘tgan yilga nisbatan 150 taga ko‘pdir, ikkinchisi esa masofadan boshqariladigan uchuvchisiz apparatlar tomonidan yaratilgan eng katta harflar uchun.