Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish yechimlari tarmog‘i (SDSN) va xalqaro ekspertlar tomonidan 2023-yilda e’lon qilingan BRM (SDG index) reytingida O‘zbekiston 71,1 indeks bilan 166 ta mamlakat orasida 69 o‘rinni egalladi.
Bu natija 2022-yilga nisbatan 8 pog‘onaga oshgan. 2022-yilda O‘zbekiston 69,9 indeks bilan 77 o‘rinda qayd etilgan edi.
2023-yilgi SDG index hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistonda Barqaror rivojlanishning quyidagi 10 ta maqsadlari bo‘yicha ko‘rsatkichlarida ijobiy o‘sish qayd etilgan:
— mamlakatda kambag‘allikni qisqartirish;
— sog‘liq saqlash va farovonlikni ta’minlash;
— sifatli ta’lim bilan ta’minlash;
— gender tengligiga erishish;
— toza suv va sanitariya;
— sanoatlashtirish, innovatsiya va infratuzilma;
— shahar va aholi punktlarini barqaror rivojlantirish;
— iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish;
— tinchlik, adolat va samarali boshqaruv;
— barqaror taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!