Jahon

«Parazitlar» filmida bosh rolni ijro etgan aktyor o‘z mashinasidan o‘lik holda topildi

«Parazitlar» filmida bosh rolni ijro etgan aktyor o‘z mashinasidan o‘lik holda topildi

“Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan «Parazitlar» filmida rol o‘ynagan 40 yoshli aktyor Li Son-gyun chorshanba kuni o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.

U giyohvand moddalarni iste’mol qilganlikda gumon qilinib, tergov ostida edi.

Erkak soat 10:30 da Seul markazidagi parkda o‘z mashinasida hushsiz holatda topilgan. Keyinroq politsiya uning shaxsini aniqladi.

Avvalroq politsiya Li uydan chiqib ketgani va uning o‘lim xatiga o‘xshash yozuv qoldirgani va mashinasi yo‘qolganligi haqida ma’lumot olgan edi.

Yil boshidan beri aktyor Seulning Kannamgu tumanidagi elit barda ishlaydigan ofitsiantning uyida marixuana va boshqa giyohvand moddalarni iste’mol qilgani uchun uch marta tergovga chaqirilgan.

Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, ofitsiant uni aldab giyohvand moddalarni iste’mol qilishga majburlagan, u nima ichayotganini bilmay qolgan.

Lining tahlili politsiya tergovi davomida o‘tkazilgan tezkor testda ham, o‘tgan oy Milliy sud ekspertizasi xizmati tomonidan o‘tkazilgan laboratoriya tekshiruvida ham salbiy chiqdi.

Yaqinda Li o‘z aybiga iqror bo‘lmadi va Inchxon shahar politsiya departamentiga poligrafda tekshiruvidan o‘tish so‘rovini yuborgan.

Lining «Parazitlar» filmi 2020 yilda “Oskar”ni qo‘lga kiritgach, u butun dunyoga mashhur bo‘lgan edi.