Jahon

«Yevroning otasi» Jak Delor 98 yoshida vafot etdi

«Yevroning otasi» Jak Delor 98 yoshida vafot etdi

Yevrokomissiyaning sobiq prezidenti, “yevro otasi” deb atalgan Jak Delor 98 yoshida vafot etdi, deya xabar beradi Euronews.

Yevropa Komissiyasining sobiq prezidenti Jak Delor chorshanba kuni 98 yoshida vafot etdi, dedi uning qizi Martin Obri.

«U bugun ertalab Parijdagi uyida uyqusida vafot etdi», – deya ma’lum qildi Obri.

Delor 1985 yildan 1995 yilgacha Yevrokomissiya raisi bo‘lgan. Uning rahbarligida ishlab chiqilgan Delor rejasi yagona Yevropa valyutasi – yevroni muomalaga kiritishni boshlash imkonini berdi.