Jahon

Zambiyada vabo epidemiyasi avj oldi

Zambiyada vabo epidemiyasi avj oldi

Joriy yilning yanvar oyidan beri Zambiyada vabo bilan kasallanganlar soni 3189 nafarga yetdi. Virus yangi hududlarga tarqaldi. Bu haqda Kazinform agentligi Xinhuaga tayanib xabar beradi.

Mamlakat tibbiyot muassasalarining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, epidemiya asosan Lusaka provinsiyasining to‘rtta tumanida, jumladan, poytaxtda kuzatilgan. Ammo hozirda vabo Zambiya markazidagi boshqa hududlarga ham tarqalgani ma’lum.

Prezident Xakainde Xichilema epidemiyaning avj olishidan taassuf bildirdi va Zambiyani vaboga qarshi vaksina ishlab chiqarish markaziga aylantirishni qo‘llab-quvvatlashini aytdi.