Polsha prezidenti Anjey Duda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan Ukrainadan mamlakatga uchib kelgan raketa bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda 29-dekabr, juma kuni Polsha yetakchisi vazirlar mahkamasi rahbari Markin Mastaerek X ijtimoiy tarmog‘ida (sobiq Twitter) ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Suhbat Polsha havo hududining buzilishi bilan bogʻliq edi. Biz ittifoqchilarimiz bilan boshidanoq doimiy aloqada bo‘lib kelganmiz”, — deyiladi “Mastalerek” nashrida.
Eslatib o‘tamiz, 29-dekabr kuni Polsha Ukrainadan mamlakatga noma’lum uchuvchi jism uchib kelgani haqida xabar bergan edi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!