O‘zbekiston

«Tashvish» tugmasi nima va u bilan uyni qanday qo‘riqlash mumkin?

«Tashvish» tugmasi nima va u bilan uyni qanday qo‘riqlash mumkin?

“Tashvish” tugmasi signalizatsiyasi – barcha turdagi obyektlar, xonadonlar, kotteyjdlar, garajlar va yakka tartibdagi xonadonlarni ishonchli qo‘rig‘ini ta’minlashda eng keng tarqalgan texnik qo‘riqlash turidir. “Tashvish” tugmasi signalizatsiyasi tezkor harakatlanuvchi guruhlarni qo‘l yordamida shoshilinch chaqirishga mo‘ljallangan.

Ushbu qo‘riqlash qurilmasi qoidaga ko‘ra ko‘zga tashlanmaydigan, lekin oson foydalanishga qulay joylarga joylashtiriladi, bu mijozlar uchun (do‘kon, bank xizmatchisi, maktab, bolalar bog‘chasi, boshqa ta’lim yoki madaniyat muassasalari qo‘riqchisi, xonadon yoki xususiy uyda egalariga) zudlik bilan xavfli vaziyatlar (talonchilik, hayot yoki sog‘liqqa tahdid, yong‘in va boshqa favqulodda holatlar) to‘g‘risida xabar berish imkoniyatini yaratadi.

Tashvish tugmasi signalizatsiyasining ishlash prinsipi qo‘riqdagi obyekt va tezkor harakatlanuvchi guruhi bilan tunu kun aloqasini ta’minlaydi. Tashvish tugmasini bosish bilan xabar qo‘riqlash monitoring markaziga tushadi, shundan keyin tashvish xabari tushgan obyektga eng yaqin joylashgan tezkor harakatlanuvchi guruhga yetkaziladi, qurollangan qo‘riqlash xizmati naryadi ekipaji 5-7 daqiqada tashvish xabari tushgan ob’ekga yetib boradi.

Batafsil ma’lumot uchun: qbb.uz
Telefon: 1131