Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida yashovchi, 21 yoshli fuqaro 2018-2023 yillar davomida doimiy yashash manzilida bo‘lishi hamda 2022 yilning iyul-noyabr oylarida Qozog‘istonning Olmaota shahrida mavsumiy ishlashi davomida ijtimoiy tarmoqlar orqali xalqaro terroristik tashkilotlar g‘oyaviy rahnamolarining «hijrat» va «jihod»ga chorlovchi audio-video ma’ruzalarini tinglab, tomosha qilgan.
Natijada, u «Telegram» messenjerida 11 ta kanal ochib, ekstremistik mazmundagi g‘oyalarni targ‘ib qilish bilan shug‘ullangan.
Hatto unda Suriyaga borib, “jihod” qilish istagi paydo bo‘lgan va ayni shu maqsadda ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘zgalardan kerakli maslahatlarni olgan.
DXX tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, bu shaxsning Suriyaga ketishining oldi olindi hamda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Sud hukmiga ko‘ra, mazkur shaxsga nisbatan 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!