Jahon

Turkiyada yirik yo‘l-transport hodisasi: 10 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar jabrlandi

Turkiyada yirik yo‘l-transport hodisasi: 10 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar jabrlandi

Turkiyaning shimoli-g‘arbiy qismida Sakarya viloyati yaqinida yirik baxtsiz hodisa yuz berdi, o‘nlab odamlar halok bo‘ldi va jarohatlandi, deb xabar beradi Kazinform agentligi.

Bugun ertalab soat 04:36 da (Astana vaqti bilan 07:36) Tekeler tumanidagi “Sakarya-Shimoliy Marmara” trassasida sodir bo‘lgan 7 ta avtomobil ishtirokidagi zanjirli YTH natijasida 10 kishi voqea joyida halok bo‘ldi, 59 kishi jarohat oldi, ulardan 8 nafarining ahvoli og‘ir.

Jabrlanganlarning ba’zilari o‘z avtomobillaridan yo‘l chetiga chiqishi oqibatida halok bo‘lgan. Ularni boshqa mashina urib yuborgan.

Туркияда йирик йўл-транспорт ҳодисаси
Фото: TRT Haber
Туркияда йирик йўл-транспорт ҳодисаси
Фото: TRT Haber

Voqea joyini ko‘zdan kechirgan viloyat gubernatori Ya.Karadeniz, jabrlanganlar turli shifoxonalarda davolanayotganini, ulardan 2 nafari Kodjaelidagi tibbiyot muassasalariga, qolganlari esa Sakarya markazi va viloyatlarida ekanini aytdi.

– Taxminlarga ko‘ra, yengil mashina dastlab yuk mashinasiga urilgan. Keyin unga boshqa mashinalar kelib urilgan”, – deydi gubernator.

Turkiya transport va infratuzilma vaziri A.Uralogluning ma’lum qilishicha, voqea joyiga zudlik bilan tezkor guruhlar yuborilgan. Magistral yo‘lda barcha zarur ehtiyot choralari ko‘rildi.

Туркияда йирик йўл-транспорт ҳодисаси
Фото: TRT Haber
Туркияда йирик йўл-транспорт ҳодисаси
Фото: TRT Haber

Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri F.Koja o‘z bayonotida jabrlanganlarning 30 ta tez yordam mashinasida shifoxonalarga yetkazilganini qayd etdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, YTHda uchta avtobus, yuk mashinasi va yana uchta transport vositasi ishtirok etgan. Hodisaga quyuq tuman sabab bo‘lishi mumkin.

Turkiya adliya vaziri Y.Tunch, o‘z navbatida, mamlakat bosh prokurori o‘rinbosari boshchiligida YTHni tergov qilishda 3 nafar prokuror ishtirok etganini ma’lum qildi.

Mintaqada odamlar hamon kasalxonalarga yotqizilmoqda. Yaralanganlar va halok bo‘lganlar orasida boshqa mamlakatlardan kelgan sayyohlar, bor-yo‘qligiga aniqlik kiritilmagan.

Avtomashinalar yo‘ldan chiqarilib, tozalash ishlari olib borilgandan so‘ng transport harakati uchun yopilgan yo‘lning Istanbul yo‘nalishi ochildi.