O‘zbekiston

Javlon Vahobov Markaziy Osiyo xalqaro institutiga direktor etib tayinlandi

Javlon Vahobov Markaziy Osiyo xalqaro institutiga direktor etib tayinlandi

Diplomat 2017-2023-yillarda O‘zbekistonning AQSH, Kanada va Braziliyadagi elchisi bo‘lib ishlagan. Sakkiz oylik tanaffusdan so‘ng u Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori sifatida ish olib boradi. Institut faoliyatining asosiy vazifalari qatoriga mintaqani barqaror rivojlantirish jarayonlarini tadqiq etish kiradi.

Vahobov ko‘plab yuqori lavozimlarda faoliyat yuritgan. Xususan, 2011-2013 yillarda Prezident huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari, 2013 yilda Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori va 2013-2015 yillarda Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari, 2015-2017 yillarda Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. AQSHdagi faoliyati davomida ikki tomonlama munosabatlar ancha faollashgandi.