Soliq kodeksiga soliq hisobotlarini 3 yil but saqlashga oid o‘zgartirish kiritildi (ilgari 5 yil edi).
Kameral soliq tekshiruvida quyidagi soliq nazorati tadbirlarini o‘tkazish taqiqlandi (qo‘shilgan qiymat solig‘ining o‘rnini qoplash (qaytarish) maqsadida o‘tkaziladigan kameral soliq tekshiruvi mustasno):
— soliq to‘lovchi hududiga kirish;
— soliq to‘lovchi hududi va binolarini ko‘zdan kechirish;
— soliq to‘lovchidan hujjatlarni talab qilib olish va uni chaqirtirish;
— soliq to‘lovchining hujjatlari va buyumlarini olib qo‘yish.
Endilikda soliqqa oid huquqbuzarlik uchun 3 yil ichida javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilishi kerak, 3 yildan keyin shaxs huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas (ilgari 5 yil edi). Ilgari faqat 26 yoshgacha bo‘lgan farzandlar uchun to‘langan pullardan daromad solig‘i olinmagan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!