➖231 mingdan dan ziyod O‘zbekiston fuqarolariga konsullik xizmatlari ko‘rsatildi;
➖8 965 nafar hamyurtimizni chet elda ish bilan ta’minlashga ko‘maklashildi;
➖xorijda moddiy jihatdan murakkab vaziyatda qolgan 5 117 nafar fuqaromizga moddiy yordam berildi;
➖chetda qiyin vaziyatlarda qolgan 585 nafar fuqaromiz Vatanimizga qaytarildi;
➖150 nafardan ziyod fuqarolar vaqtincha saqlash muassasalaridan olib chiqildi;
➖pasporti ish beruvchilar tomonidan noqonuniy tarzda olib qo‘yilgan 200 nafar fuqarolarimizga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar qaytarildi.
Jismoniy va yuridik shaxslardan umumiy hisobda 134 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan. Ulardan 15 300 tasi Vazirlik Konsullik-huquqiy departamentiga, 119 mingdan ortig‘i chet eldagi vakolatxonalarimizga yuborilgan.
2023 yil davomida 146 mingdan ziyod chet el fuqarolariga O‘zbekistonga kirish vizalari rasmiylashtirilgan, shundan 91 mingdan ortig‘i elektron tarzda berilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!