Xitoyning Lenovo korporatsiyasi bozorda Windows va Android tizimlarida ishlaydigan birinchi noutbukni yaratdi. Bu haqda XDA xabar berdi.
Insayderlarning ma’lumotlariga ko’ra, ThinkBook Plus kompyuteri gibrid korpusga ega bo’lib, planshetga aylana oladi. Qurilma yaratuvchilarining fikricha, qurilma Windows operatsion tizimida noutbuk rejimida, Androidda esa planshet rejimida ishlaydi.
Ma’lumki, gadjet yechib olinadigan klaviatura va 360 gradusga aylantiriladigan sensorli displeyga ega bo’ladi. Qurilmaning batafsil spetsifikatsiyalari oshkor etilmagan, biroq ma’lum qilinishicha, ThinkBook Plus Thunderbolt 3 bilan raqobatlashuvchi yuqori tezlikdagi Oculink portiga ega bo‘ladi. Taqqoslash uchun Oculink 2 ma’lumotlar uzatish tezligini 16 gigabaytgacha ta’minlay oladi. ikkinchidan, Thunderbolt 3 esa sekundiga atigi besh gigabitni ta’minlay oladi.
ThinkBook Plus narxi oshkor etilmagan. Katta ehtimol bilan Lenovo qurilmani yanvar oyida CES 2024 ko‘rgazmasida e’lon qiladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!