Nigeriya markazida jangarilarning hujumi oqibatida 198 kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi Euronews.
Bu haqda chorshanba kuni omon qolganlar o‘liklarni dafn etishni boshlaganida mahalliy hukumat xabar berdi.
Shanbadan seshanbagacha uch kun davomida Plato shtatidagi bir nechta qishloqlar qurolli guruhlar tomonidan hujumga uchragan.
Mintaqada bir necha yillardan beri diniy va etnik ziddiyatlar hukm surmoqda.
O‘rmonda joylashgan bandit guruhlari bunday reydlar o‘tkazadilar, pul uchun odamlarni talaydilar va o‘g‘irlaydilar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nigeriyadagi hujum oqibatida halok bo‘lganlar soni 160 nafarga yetgani haqida xabar bergan edik.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!