O‘zbekiston

Saida Mirziyoyeva: «Farzandlar kulgisi xonadoningiz fayzi bo‘lsin»

Saida Mirziyoyeva: «Farzandlar kulgisi xonadoningiz fayzi bo‘lsin»

O’zbekiston Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva mamlakat aholisiga tabrik so’zlari bilan murojaat qildi. Yangi yil – oila davrasida nishonlanadigan eng muhim bayramlardan biri. Bu ayyom bizga bolalik davrimizni, yangi yil mo‘jizasini intizorlik bilan kutganimizni, qor o‘ynaganlarimizni, o‘sha paytlardagi sehrli lahzalarni eslatadi. Biz Qorboboga ishongan, qor xatlar yozgan, bir-birimizga yangi yil omadli kelishini tilagan damlarimiz…

Mening sizlarga tilagim – oilangiz barcha tashvishlardan himoya qiluvchi ishonchli qo‘rg‘oningiz bo‘lsin. Yangi yilning har kuni o‘zaro anglashuv, mehr-muhabbat, hayotimizdagi eng oliy ne’mat – oilaga tayanch bo‘lish naqadar muhimligini eslatib tursin. Farzandlar kulgisi xonadoningiz fayzi bo‘lsin, o‘ylagan barcha niyatlaringiz esa ro‘yobga chiqsin.

Shuningdek, prezidentning yordamchisi oilasi bilan bayram fotosuratini e’lon qildi.