O‘zbekiston

Dekabr oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 1,2 foizga oshgan

Dekabr oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 1,2 foizga oshgan

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning dekabr oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 1,2 foizga oshgan.

2023-yil davomida iste’mol sektoridagi narxlarning o‘sish darajasi 8,8 foizga yetdi.

2023-yilning dekabrida “Donli yekinlar va yorma mahsulotlari” (109,7 foizga 131,3 foiz), “Yog‘lar va moylar” (90,3 foizga 110,9 foiz), “Sabzavotlar, ildiz mevalilar va dukkaklilar” (98,6 foizga 112,9 foiz) va “Shakar, qandolat mahsulotlari va desertlar” (109,0 foizga 124,6 foiz) guruhlarida yillik nisbatdagi INI 2022-yilning dekabridagi mos ko‘rsatkichdan sezilarli darajada past bo‘ldi. Mevalar va yong‘oqlar esa, aksincha 2023-yilda bir yil avvalgiga qaraganda sezilarli qimmatlashdi.