Iqtisod, Jahon

Jahon banki Rossiyaning eng yirik qarzdorlarini aniqladi

Jahon banki Rossiyaning eng yirik qarzdorlarini aniqladi

Belarus Rossiya Federatsiyasidan 8 milliard dollardan ortiq qarzdor. Bu haqda RBK Jahon banki ma’lumotlariga tayanib yozadi.

Tashkilot hisob-kitoblariga ko‘ra, 2022-yil oxiri holatiga ko‘ra, xorijiy davlatlar va ularning rezidentlari Rossiyadan jami 28,9 milliard dollar qarzdor. Yil davomida bu miqdor 2,3 milliard dollarga oshgan.

Qarzdor davlatlar orasida birinchi o‘rinni 8,24 milliard dollar bilan Belarus, 5,86 milliard dollar bilan Bangladesh, uchinchi o‘rinni Hindiston 3,75 milliard dollar qarz bilan yakunladi.

Rossiyaning eng yirik 8 qarzdor davlati roʻyxatiga Misr (1,82 milliard dollar), Vyetnam (1,39 milliard dollar), Afgʻoniston (1,2 milliard dollar), Yaman (1,18 milliard dollar) va Serbiya (920 million dollar) ham kiritilgan.