Jahon

Kim Chen In Vashington va Seulni yo’q qilish bilan tahdid qildi

Kim Chen In Vashington va Seulni yo’q qilish bilan tahdid qildi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In agar qarama-qarshilik yuzaga kelsa, AQSh va Janubiy Koreya poytaxtlari Vashington va Seulni vayron qilish bilan tahdid qildi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi (KCNA) iqtibos keltirgan.

KXDR yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, agar “muxoliflar” harbiy to‘qnashuvni tanlasa, “u holda zarracha ikkilanmasdan, zarba berish va dushmanning poytaxtlarini va bir to‘da harbiylarni butunlay yo‘q qilish kerak”, dedi.

Avvalroq KXDR yetakchisi Kim Chen In Janubiy Koreya bilan birlashishni endi mumkin emas deb hisoblagan edi. Shimoliy Koreya yetakchisi o‘z so‘zlarini Seul “singdirishga asoslangan birlashish” siyosatini olib borayotgani, bu “bir xalq, bir davlat, ikki tizim” tamoyili asosida Koreya yarim orolini birlashtirish siyosatiga zid ekanligi bilan izohladi.

2023-yil boshida Janubiy Koreya KXDR bilan “Yangi kelajak birlashish tashabbusi” rejasi doirasida birlashmoqchi ekani xabar qilingan edi. Xususan, buning uchun Seul Pxenyan bilan bevosita va bilvosita aloqalardan foydalanishi aniqlangan. Bundan tashqari, prezident Yun Sok Yol maʼmuriyatining “jasur tashabbusi”ni ilgari surish, shuningdek, janubiy koreyaliklar oʻrtasida birlashishning toʻgʻri vektorini yaratish rejalashtirilgan.