Tokio aeroporti yo‘lovchi samolyoti qirg‘oq qo‘riqlash samolyoti bilan to‘qnashib ketganidan so‘ng barcha to‘rtta uchish-qo‘nish yo‘lagini yopib qo‘ydi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Agentlik maʼlumotlariga koʻra, havo bandargohi ishi butunlay falaj boʻlgan.
Tokio aeroportida samolyot yong‘inga uchragani 2-yanvar kuni tushdan keyin ma’lum bo‘ldi.
Yo‘lovchi layneri bortida 379 kishi bo‘lgan, ularning barchasi evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘lgan. Shu bilan birga, qirg‘oq qo‘riqlash samolyoti ekipaji qochib qutula olmagan. Hodisadan so‘ng Tokioda ma’lumot to‘plash va favqulodda xizmatlar ishini muvofiqlashtirish uchun tezkor shtab tashkil etildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!