Turkiya aholisi uchta zilziladan keyin vahimaga tushib, Yangi yil kechasini o‘z mashinalarida o‘tkazishdi. Bu haqda NTV telekanali xabar berdi.
Mamlakat janubi-sharqidagi Hakkari viloyatida, yerosti silkinishlari davom etgan hududlardagi yoqilg’i quyish shoxobchalarida zich navbatlar hosil bo’ldi. Odamlar o’z uylariga qaytishga qo’rqishadi.
“Zilziladan so‘ng yoqilg‘i olish uchun navbatda turgan fuqarolar yonilg‘i sotib olayotganliklarini aytishdi, chunki ular tunni mashinalarida o‘tkazmoqchi edilar”, — deyiladi telekanal xabarida.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!