Jahon

Yaponiyada sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi

Yaponiyada sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi

Yaponiyada 1-yanvar kuni ro‘y bergan kuchli zilzilalar oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi, yana kamida 50 kishi turli darajadagi jarohatlar olgan. Bu haqda mamlakatning Kyodo agentligi xabar berdi.

Bosh vazir Fumio Kisidaning so’zlariga ko’ra “ko‘plab qurbonlar” bor, omon qolganlarni qutqarish «vaqt bilan poyga» o‘ynashga teng.

Zilzila yuz bergan Isikava prefekturasida qiyin vaziyat kuzatilmoqda. Yer silkinishi oqibatida 200 dan ortiq uy yonib ketgan, 100 dan ortiq turar-joy binosi qulagan, vayronalar ostida odamlar bo‘lishi mumkin. Voqea joyida qutqaruvchilar va o‘t o‘chiruvchilar ishlamoqda.

1-yanvar kuni Yaponiya g‘arbidagi Isikava prefekturasida besh daqiqadan kamroq vaqt oralig‘ida ikkita kuchli zilzila sodir bo‘lgandi. 5,7 magnitudali birinchi silkinishlar mahalliy vaqt bilan 16:06 da (Toshkent vaqti bilan 12:06) qayd etilgan. Keyingi kuchliroq 7,4 magnitudali silkinish 16:10 (Moskva vaqti bilan 12:10) da sodir bo‘lgan. Yer qimirlashi Osaka va Kioto, shuningdek, Tokioda ham sezilgan.

Yaponiya meteorologiya boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 1-yanvardan beri jami 155 ta yer silkinishi qayd etilgan. Meteorologlarning ogohlantirishicha, hafta davomida, ayniqsa, keyingi ikki-uch kun ichida yana kuchli zilzilalar yuz berishi mumkin.