Jahon

Bayden ikki toifadagi saylovchilarning qoʻllab-quvvatlashidan mahrum boʻlgan

Bayden ikki toifadagi saylovchilarning qoʻllab-quvvatlashidan mahrum boʻlgan

Qora tanli va ispan tilli amerikaliklar AQSHning amaldagi prezidenti Jo Baydenni qoʻllab-quvvatlashi pasayib bormoqda.

“USA Today” nashrining xabar berishicha, Bayden bu ikki toifadagi saylovchilarning qoʻllab-quvvatlashini yoʻqotgan.

Baydenni qoʻllab-quvvatlagan qora tanli saylovchilarning umumiy soni 87 foizdan 63 nafarga qisqargan. Har beshinchi qora tanli amerikaliklardan biri prezidentlik saylovlarida uchinchi partiya vakiliga ovoz berish niyatida ekanini aytgan.

Shu bilan birga, Baydenni qoʻllab-quvvatlovchi ispan tilli saylovchilar 65 foizdan 39 foizga kamaygan.

Avvalroq, AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Amerika yetakchisi lavozimiga daʼvogarlarning barchasi aqliy qobiliyat testidan oʻtishi kerakligini aytgandi.

AQSHda navbatdagi prezidentlik saylovlari 2024-yilning noyabrida boʻlib oʻtadi.