Jahon

Nyu-Yorkda ham zilzila qayd etildi

Nyu-Yorkda ham zilzila qayd etildi

Nyu-Yorkda, taxminiy portlashlar sodir bo’lgan joy yaqinida zilzila qayd etildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Nyu-York markazidagi Ruzvelt oroli yaqinidagi yer silkinishlari AQSh Geologiya xizmati tomonidan qayd etilgan. Ularga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 05:45 da 1,7 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan. Uning epitsentri besh kilometr chuqurlikda joylashgan.

Oʻz navbatida, sakkiz daqiqadan soʻng Nyu-York yongʻin xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmatiga mahalliy aholidan binoda ketma-ket portlashlar va silkinishlar sodir boʻlgani haqida murojaat kelib tushdi.