Jahon

Turkiyada 30 dan ortiq kishi josuslikda gumonlanib hibsga olindi

Turkiyada 30 dan ortiq kishi josuslikda gumonlanib hibsga olindi

Turkiyada Isroil foydasiga josuslikda gumon qilingan 30 dan ortiq kishi hibsga olindi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, turk tergovchilari yana 13 nafar gumonlanuvchini qidirmoqda. Turkiyaning sakkiz viloyatida, jumladan Istanbulda 33 kishi qo‘lga olingan.

Ular Turkiyadagi falastinliklar, shuningdek, Anqara harakatlariga qarshi chiqqan isroillik faollar haqida ma’lumot yig‘ishda gumon qilinmoqda.

Avvalroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu uni fashistlar Germaniyasi yetakchisi Adolf Gitlerga qiyoslagan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga javob qaytargan edi. Unga ko‘ra, turk siyosatchisi boshqalarga ma’ruza o‘qiy olmaydi.

Bundan oldin Erdo‘g‘on Netanyaxuning bugungi kunda qilayotgan harakatlari bilan Gitler jinoyatlari o‘rtasida farq yo‘qligini aytgan edi.