Prezident Xavier Miley boshchiligidagi Argentinaning yangi hukumati Londonni Folklend (Malvin) orollari suverenitetini qaytarishga chaqirmoqda va bu borada muzokaralar olib borishni taklif qilmoqda. Bu haqdа Interfax xabar berdi.
“Bugun Birlashgan Qirollik Malvin orollari birinchi marta zo‘rlik bilan bosib olinganiga 191 yil to‘ldi; Argentina hukumati va butun jamiyat bizning Malvin orollari ustidan suverenitetga bo‘lgan huquqimizni himoya qiladi”, — dedi hukumat vakili Manuel Adornimatbuot anjumanida.
“Argentina hukumati BMT Bosh Assambleyasining tegishli rezolyutsiyalari qoidalariga muvofiq suverenitet masalasiga yechim topish uchun ikki tomonlama muzokaralarni qayta boshlashga tayyorligini yana bir bor tasdiqlaydi”, — deyiladi Argentina TIV saytida chop etilgan bayonotda.
“Argentina hukumati Buyuk Britaniya bilan muzokaralarni qayta boshlash uchun qulay bo‘lgan ishonch muhitini yaratish maqsadida o‘zaro manfaatli barcha masalalar bo‘yicha mazmunli va konstruktiv muloqotni o‘z ichiga olgan munosabatlarni saqlab qolishni istaydi”, — deya qo‘shimcha qildi mamlakat Tashqi ishlar vazirligi.
Buyuk Britaniya va Argentina o‘rtasida Buyuk Britaniya Folklend orollari deb ataydigan Malvin orollari, shuningdek, Britaniyaning ikkita dengiz hududi – Janubiy Georgiya va Janubiy Sandvichev orollari uchun urush 1982 yil 2 aprelda boshlangan va 14 iyunda Argentinaning mag‘lubiyati bilan yakunlangan.
Shunga qaramay, Buenos-Ayres ularni Argentina hududi deb biladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!