Jahon

Britaniya pasport nazoratiga muqobil yo‘l topdi

Britaniya pasport nazoratiga muqobil yo‘l topdi

“The Times” nashrining ma’lum qilishicha, Buyuk Britaniya hukumati yo‘lovchilar pasporti nazorati o‘rniga aeroportlardagi chegara o‘tish joylarida yuzni tanish tizimini joriy qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Kazinform agentligi.

– Britaniyaga kelayotgan yo‘lovchilar chegarada pasportlarini ko‘rsatishlari shart emas. Aeroportlarda shaxsni yuzdan tanib olish ilg‘or tizimidan foydalangan holda mamlakatga kirishga ruxsat beruvchi yangi elektron tizim joriy etiladi, – deyiladi maqolada.

Qayd etilishicha, qirollik aeroportlarida yangi tizimning ilk sinovlari shu yildan boshlanadi.

Britaniya chegara qo‘shinlari rahbari Fil Duglas nashrga bergan intervyusida yangilikdan maqsad “aqlli chegara” yaratish ekanligini aytdi.