O‘zbekiston

Farg‘onada «Nexia -3» va «Tracker» o‘rtasida sodir bo‘lgan to‘qnashuv natijasida 2 nafar yo‘lovchi vafot etdi

Farg‘onada «Nexia -3» va «Tracker» o‘rtasida sodir bo‘lgan to‘qnashuv natijasida 2 nafar yo‘lovchi vafot etdi

Joriy yilning 3-yanvar kuni soat 19:40 larda 4P-146 avtomobil yo‘lining  Farg‘ona tumani Yangiobod MFY hududidan o‘tgan qismida «Nexia -3» rusumli avtomashina ikkinchi darajali yo‘ldan asosiy yo‘lga shoshilib chiqishi oqibatida, asosiy yo‘lda harakatlanib kelayotgan «Tracker» rusumli avtomashinaga urilib, YTH sodir qilgan.  Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Natijada «Nexia -3» avtomobilida bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchi tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.  Yana 3 nafar yo‘lovchilar shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.