Jahon

Venetsiyada turistlar soniga cheklov kiritiladi

Venetsiyada turistlar soniga cheklov kiritiladi

Turizmning salbiy oqibatlarini kamaytirish maqsadida Venetsiya shahriga tashrif buyuradigan turistik guruhlar soni qisqartiriladi. Bu haqda “Euronews” ma’lum qildi.

Shahar ma’muriyati bayonotida iyun oyidan boshlab Venetsiyaga tashrif buyuradigan turistik guruhlar maksimal 25 kishidan iborat bo‘lishi mumkinligi ta’kidlandi. Bundan tashqari, sayyohlar shaharni kezish vaqtida ovoz kuchaytirgichlardan foydalanishi taqiqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, BMT madaniyat agentligi Venetsiyani ikki marta YUNЕSKOning yo‘qolib borayotgan meros obyektlari ro‘yxatiga kiritish masalasini muhokama qilgan edi. Ushbu muhokamalarda turizmning shaharga salbiy ta’siri asosiy omil sifatida ta’kidlandi.