O‘zbekiston

XIX asr oxiriga oid oltin tangani 100 000 AQSH dollariga sotayotgan shaxslar ushlandi

XIX asr oxiriga oid oltin tangani 100 000 AQSH dollariga sotayotgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar J.A. va A.J. o‘zaro til biriktirib, XIX asr oxiriga oid madaniy boylikka taalluqli hisoblangan “ПЕТРУ БОГДАНОВУ 1899” yozuvli vazni 61,69 gramm bo‘lgan qadimiy oltin tangani fuqaro A.Ye.ga 100 000 AQSH dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.