Jahon

Bu yil 50 dan ortiq davlatda turli saylovlar bo‘lib o‘tadi

Bu yil 50 dan ortiq davlatda turli saylovlar bo‘lib o‘tadi

2024 yilda dunyo aholisining deyarli yarmi saylovga boradi – 50 dan ortiq mamlakatda prezident yoki parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi Kazinform agentligi.

Eng kata saylovlar Hindistonda – aholisi 1,4 mlrd bo‘lgan mamlakatda saylovchilar soni 945 million kishini tashkil etadi.

EIning 27 ta davlatida ham prezident yoki parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi va ularda 447 million aholi ishtirok etadi.

BRICS a’zolari Rossiya, Janubiy Afrika va Eronda o‘tkaziladigan saylovlarda 293 million kishi ishtirok etadi.

AQSH, Janubiy Koreya, Meksika va Indoneziyada ham saylovlar bo‘lib o‘tadi.

“Eng kichik” saylovlar esa Tuvaluda bo‘ladi – u yerda 11 mingga yaqin odam yashaydi.