Jahon

KXDR qirg‘oq artilleriyasi Janubiy Koreya orollari tomon 200 dan ortiq snaryad otdi

KXDR qirg‘oq artilleriyasi Janubiy Koreya orollari tomon 200 dan ortiq snaryad otdi

Yonhap agentligining xabar berishicha, KXDR harbiylari ertalab Sariq dengizda joylashgan Janubiy Koreyaning Panyongdo va Yonpxyondo orollari hududida Shimoliy Koreya suvlariga qirg‘oq artilleriyasidan zarba bergan.

KXDRning “provokatsiyasi” natijasida Janubiy Koreyadagi tinch aholi va harbiy xizmatchilar jabrlanmadi, hech qanday zarar yo‘q, deb yozadi Yonhap.

Janubiy Koreya harbiylari KXDRning “provokatsiyasi”ga javoban choralar ko‘rmoqda, deb xabar beradi agentlik.