O‘zbekistonda yanvar oyida anomal sovuq kutilmayapti. Bu haqda “O‘zgidromet” bo‘lim boshlig‘i Humoyun Mag‘ripov maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, qish yakunigacha qor yog‘ishi va havo harorati 0 darajadan pasayishi mumkin.
“Anomal sovuq hozircha kutilmayapti. Qish iliq kelishi haqidagi gapni kunlik harorat +10 yoki +20 bo‘ladi deb tushunmaslik kerak. Qish yakunigacha 3-4 kun qor yog‘adigan, harorat 0 darajadan pastga tushadigan holatlar bo‘ladi”, — dedi mutaxassis.
Humoyun Mag‘ripovning qo‘shimcha qilishicha, yanvar oyi aslida sovuq bo‘lishi kerak. Chunki iliq qishning zararli jihatlari ko‘p.
“Aslini olganda, yanvar oyi sovuq kelgani yaxshi. Negaki, iliq kelgan qishning oqibatlari keyingi yil bahor va yozda bilinadi hamda u juda ham og‘ir asoratlarni keltirib chiqaradi. Masalan, qishloq xo‘jaligi va yaylovlar uchun og‘ir sharoit yuzaga keladi”, — dedi u.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!